O'zbekiston Kutubxonalar Assotsiatsiyasi belgisi  
    Add To Favorites English Uzbek Russian
>> O'KA Loyihalari
1 Virtual kutubxona.
  Virtual kutubxona. Umumiy elektron katalogni shakllantirish maqsadida tuzilgan O’zbekiston kutubxonalari konsortsiumi” loyihasi amalga oshirila boshlandi. Loyihaga OJI KF – O’zbekiston tomonidan mablag’ ajratilgan, bo’lib, unda quyidagi kutubxonalar ishtirok etmoqdalar:

2 Abdulla Qodiriy nomli Toshkent Davlat Madaniyat Institutining loyihasi: “Madaniyat institutining yuqori malakali kutubxona hodimlarini tayorlash uchun kompyuterlashgan o’quv sinfi”.
  O’zbekiston Respublikasining milliy ta’lim tizimi turli soha yo’nalishlari bo’yicha professional darajada o’qitishni takomilashtirishni talab qiladi. “Kutubxona ishi va bibliografiya” sohasida etuk mutahassislar tayorlashda kutubxona ishi jarayonini axborotlashtirish muxim rol’ o’ynaydi. O’zbekiston kutubxonalari talablariga mos kelish uchun, kutubxona ishi bo’yicha ta’lim jarayonini, informatika sohasi bilan birlashtirish lozim. Natijada talabalar ma’lumotlarni to’plash, saralash va ularni kutubxonalarda qo’llashning zamonaviy usullarini o’rganadilar.

Madaniyat instituti respublikada “Kutubxona ishi va bibliografiya” yo’nalishidagi oliy ma’lumotli mutahassislarni tayorlovchi yagona institut. Kadrlar tayorlash o’quv rejasi quyidagi yo’nalishlarni o’z ichiga oladi: “Informatika”, “Kutubxonalarni avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash”, “Elektron katalog” va “Integratsiyalashgan tizimlar”. Ayni paytda institutda 1060 nafar talaba taxsil oladi, ulardan 300 tasi “Kutubxona ishi va bibliografiya” fakul’teti talabalaridir. Yuqorida qayd etilgan fanlar bo’yicha talabalar taxsil olishlari uchun institutda zamon talablariga javob bera oladigan 19 o’ringa mo’ljallangan 16ta komp’yuter mavjud halos. Komp’yuterlar etishmasligi sezilib turadi, bu esa yuqori malakali mutahassislar tayorlashda salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Zamonaviy komp’yuterlarsiz biror bir sohani chuqur o’rganib chiqish qiyin. Shu bois “Axborot kutubxonasi faoliyatini boshqarish” fakul’teti talabalari uchun maxsus komp’yuter sinfiga ega bo’lish zarur.

3 Modelli avtomatlashtirilgan kutubxona
  Loyixaning namunali (modelli) kutubxona yaratishdan iborat bûlib, kutubxona axboratlarini qayta ishlash va avtomatlashtirilgan kutubxona ma'lumotlarini qayta ishlashning hamma imkoniyatlarini namoyish qilish, elektron axborat resurslariga ochiq yondoshuvni ta'minlashda, kutubxonachilarni o'qitish uchun va kitobxonlarga xizmat qilish saviyasini oshirish uchun poligon hosil qilishdan iboratdir.
Copyright © 2002 ULA