O’zbekiston Kutubxonalar Assotsiatsiyasi foyda ko’rmaydigan jamoat tashkiloti bo’lib, u O'zbekiston Respublikasida kutubxonachilik ishini hamda yangi axborot texnologiyalarini rivojlantirishga qaratilgan.
Uning asosiy funksiyasi O'zbekistonda davlat va jamiyat sektorlarida kutubxona va informatsion xizmat ko'rsatishni yuqori sifatliligining muximligini tan olish va informatsion resurslarga ochiq murojat kutubxona taraqqiyotida vositalik qilish hisoblanadi.
O’zbekiston Kutubxonalar Assotsiatsiyasi respublika kutubxonalari hamda kutubxona assotsiatsiyalarining axborot-metodik markazi hisoblanadi.
FAOLIYATIMIZNING ASOSIY YO’NALISHI VA MASALALARI
- O’zbekiston Respublikasida kutubxonachilikni reformalashda ishtirok etish;
- Elektron ma’lumot bazalarini yaratishda va ishlab chiqishda ishtirok etish (elektron kataloglar, multimediya-entsiklopediyalari, to’liq matnli ma’lumotlar bazasi va boshqalar);
- Kutubxona faoliyati bilan bevosita bog’liq bo’lgan yig’ilishlar, konferentsiyalar, o’quv kurslari va seminarlar tashkil qilish;
- Ma’lumot bazalari, Internet tarmog’i bilan ishlash, xalqaro kutubxonalar formatlari, elektron kutubxonalarni yaratish, marketing va shunga o’hshash yo’nalishlarda o’quv kurslarini tashkil qilish;
- Dun’yoning etakchi davlatlari kutubxona jamiatlari, kutubxonalar va axborot markazlari bilan ikkki hamda ko’p tomonlama aloqalarni o’rnatish;
Muxim sanalar:
Tashkil etilgan vaqti – 20-Sentyabr, 2000 yil
2002 yildan IFLA a’zosi
2000 boshlab Ma’lumot Bazalari va Dasturlarni ishlab Chiquvchi va ulardan Foydalanuvchilar Xalqaqro Assotsiatsiyasi a’zosi